Aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig’ilishi to’g’risida bildirishnoma (24.04.2017)

2017 yil 24 apreli kuni soat 10.00 da Toshkent sh., Navoiy kochasi № 22 uyda "Gidromaxsusqurilish" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tadi (gidross@mail.ru). Aksiyadorlar reestrini tuzish sanasi:

-                     umumiy yig'ilish to’g’risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun - "07" aprel 2017 yil.

-                     aktsiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish uchun - "18" aprel 2017 yil.

Aksiyadorlarni ro'yxatga olish 2017 yil 24 aprel kuni soat 09.00 da o'tkaziladi.

Batafsil...

Акциядорлик жамиятлари томонидан Корпоратив бошқарув кодекси тавсияларини ўз фаолиятига қабул қилганлиги тўғрисида ХАБАРНОМА

“GIDROMAXSUSQURILISH” АЖ шуни маълум қиладики, акциядорлар умумий йиғилишининг “17” ноябр 2016 йилдаги қарори билан жамият томонидан “01” январ 2017 йилдан бошлаб Акциядорлик жамиятлари фаолиятининг самарадорлигини ошириш ва корпоратив бошқарув тизимини такомиллаштириш комиссияси йиғилишининг “31” декабр 2015 йил №9 баённомаси билан тасдиқланган Корпоратив бошқарув кодексига риоя қилиш мажбурияти қабул қилинди.

Diqqat! "Gidromaxsusqurilish" AJ Bosh direktor lavozimiga tender e'lon qiladi.

O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruvni zamonaviy usullarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-4720 Farmoni va boshqa qonun hujjatlari asosida «Gidromaxsusqurilish» AJ Ijroiya organi uchun nomzodni tanlash tartibi va talablarini belgilaydi.

Batafsil...