Diqqat! "Gidromaxsusqurilish" AJ Bosh direktor lavozimiga tender e'lon qiladi.
Tanlov nomzodlar bo'yicha qabul qilingan takliflarga asoslanadi.
Nomzodlar vazirliklar, davlat qo'mitalari va respublika idoralari malakali xodimlari, tajribaga ega chet el rahbarlari shuningdek, boshqa shaxslar tomonidan qurilish va energiya inshootlari, burg'ulash va portlatish operatsiyalari, maxsus gidrotexnik ishlari bo’yicha yuqori tajribaga ega mutaxassislar ko’rsatilishi mumkin.
Nomzodlar tanlov e'lon qilinganidan keyin 15 kun ichida o’ziga tegishli ma'lumolarni taqdim etishi lozim.
Nomzodga qo'yiladigan talablar:
Oliy muhandislik ta'limi.
Maxsus qurilish kompaniyasida etakchi o'rinda ish tajribasi kamida 10 yil.
Shartnoma tuzish va sotish bo’yicha normativ hujjatlar va xalqaro talablarni bilish.
Qonunchilik, korporativ boshqaruv usullari va prinsiplarini bilish.
Qisqa muddatli va uzoq muddatli faoliyatni rejalashtirish usullari va tartiblarini bilish.
Tashabbuskorlik, ishchanlik, mas'uliyatlilik.
Stressga chidamlilik, ish safarlarida ishlash qobiliyati, kommunikativlik (savodli nutq, mijozlar bilan muloqot qilish qobiliyati).
Aniqlik, e'tiborli, samaradorli.
Yuqori tashkilotlarning yuqori lavozimli mulozimlari bilan muzokara qilish tajribasi va qobiliyati.
Tillar: o'zbekcha - ravon, ruscha - ravon, inglizcha – xohishga ko’ra.
Kompyuterni bilish: mustaqil foydalanuvchi.
Hujjatlar 2016 yil 10 iyungacha Toshkent sh., 100011, Toshkent shahri, Navoiy ko’chasi, 22 uy manzilida qabul qilinadi.
Telefon qo'ng'iroqlari uchun 241-26-04, 244-87-13, 244-87-14