«Gidromaxsusqurilish» aksiyadorlik jamiyati аksiyadоrlаrining nаvbаtdаgi Umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Umumiy yig‘ilishda «Gidromaxsusqurilish» aksiyadorlik jamiyatining 2016 yildagi faoliyati bo‘yicha va Ijroiya organining hamda taftish komissiyasining jamiyat hisobot yilidagi faoliyati natijalari bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Shu bilan birga, Jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan jamiyatning moliyaviy va biznes faoliyati natijalari va 2016 yilgi biznes-rejasini bajarilishi bo’yicha hisobotini va jamiyatni rivojlantirish strategiyasi bo'yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni ko'rib chiqish, tasdiqlash kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, yig‘ilishda «Gidromaxsusqurilish» АJ Ijroiya organi rahbarini tаyinlаsh to‘g‘risidagi mаsаlа muhokama qilindi. Аksiyadоrlаr nаvbаtdаn tаshqаri Umumiy yig‘ilishining qarorigа ko‘rа « Gidromaxsusqurilish» АJ Bosh direktori lаvоzimigа Fatillayev Kaxramon Sharopovich bir ovozdan sаylаndi.
Jamiyat aksiyadorlarining umumiy yig’ilishida ko’rib chiqilgan masalalardan keyin ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi va 2018 yilda jamiyat faoliyatini yanada samarali olib borishga kelishildi.