Aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig’ilishi to’g’risida bildirishnoma (24.04.2017)
2017 yil 24 apreli kuni soat 10.00 da Toshkent sh., Navoiy ko’chasi № 22 uyda "Gidromaxsusqurilish" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo'lib o'tadi (gidross@mail.ru). Aksiyadorlar reestrini tuzish sanasi:
- umumiy yig'ilish to’g’risida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun - "07" aprel 2017 yil.
- aktsiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish uchun - "18" aprel 2017 yil.
Aksiyadorlarni ro'yxatga olish 2017 yil 24 aprel kuni soat 09.00 da o'tkaziladi.
Aksiyadorlar o’zlari bilan passport yoki aksiyadorlarning vakillari pasport va ishonchnomaga ega bo’lishi lozim. Aksiyadorlar yig'ilish materiallari bilan ko'rsatilgan manzil bo’yicha Jamiyat Boshqarmasida tanishishlari mumkin.
Kun tartibi:
1. MChJ «Pandora systems» (Latviya) tomonidan yopiq obuna asosida qo'shimcha aksiyalarni chiqarish yo'li bilan jamiyat ustav kapitalini oshirish bo’yicha 2016 yil 30 avgust (Bayonnoma №2) kuni bo'lib o'tgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi qarorini bekor qilish.
2. «Xorijiy investorlarni aksiyadorlik jamiyatlariga jalb etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son Qaroriga asosan xorijiy investorlarni jalb etish bo’yicha aksiyalar paketini hamda ularni amalga oshirish tartibini aniqlash.