Aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig’ilishi to’g’risida bildirishnoma (27.04.2017)
«Gidromaxsusqurilish» AJning 2017 yil 24-aprel kuni rejalashtirilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi kvorumi yo'qligi tufayli, 2017 yil 5 may kuni soat 10:00 da quyidagi manzilda takroriy navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi bo’lib o’tadi: Toshkent sh., Navoiy kochasi № 22 uy (Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak.).
-umumiy yig’ilishda ishtirok etish huquqiga ega aksiyadorlar 2017 yil 18 apreldagi aksiyadorlar reestriga muvofiq belgilanadi;
Aksiyadorlarni ro'yxatdan o’tkazish 2017 yil 5 may soat 09.00 da boshlanadi..
Aksiyadorlar o’zlari bilan passport yoki aksiyadorlarning vakillari pasport va ishonchnomaga ega bo’lishi lozim. Aksiyadorlar yig'ilish materiallari bilan ko'rsatilgan manzil bo’yicha Jamiyat Boshqarmasida tanishishlari mumkin.
Kun tartibi
1. MChJ «Pandora systems» (Latviya) tomonidan yopiq obuna asosida qo'shimcha aksiyalarni chiqarish yo'li bilan jamiyat ustav kapitalini oshirish bo’yicha 2016 yil 30 avgust (Bayonnoma №2) kuni bo'lib o'tgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi qarorini bekor qilish.
2. «Xorijiy investorlarni aksiyadorlik jamiyatlariga jalb etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son Qaroriga asosan xorijiy investorlarni jalb etish bo’yicha aksiyalar paketini hamda ularni amalga oshirish tartibini aniqlash.