Aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig’ilishi to’g’risida bildirishnoma (30.06.2017)
"Gidromaxsusqurilish" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig'ilishi 2017 yil 30 iyunda soat 11.00 da quyidagi manzilda bo'lib o'tadi: Toshkent sh., Navoiy ko’chasi № 22 uy (Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak.). Aksiyadorlar reestrini tuzish sanasi:
- umumiy yig'ilish to’g’risida xabardor qilish uchun - 2017 yil 16 iyun.
- aksiyadorlar umumiy yig'ilishini o'tkazish uchun - 2017 yil 26 iyun.
Aksiyadorlarni ro'yxatga olish 2017 yil 30 iyunda soat 10:00 da o'tkaziladi.
Aksiyadorlar o’zlari bilan passport yoki aksiyadorlarning vakillari pasport va ishonchnomaga ega bo’lishi lozim. Aksiyadorlar yig'ilish materiallari bilan ko'rsatilgan manzil bo’yicha Jamiyat Boshqarmasida tanishishlari mumkin.
Kun tartibi:
1. Jamiyatning aksiyadorlar umumiy yig'ilishi sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
2. Jamiyat aksiyadorlari umumiy yig'ilishining reglamentini tasdiqlash;
3. Jamiyat Kuzatuv kengashining 2016 yil faoliyati natijalari bo'yicha hisobotini ko'rib chiqish;
4. Jamiyatning ijro etuvchi organi tomonidan jamiyatning moliyaviy va biznes faoliyati natijalari va 2016 yilgi biznes-rejasini bajarilishi bo’yicha hisobotini va jamiyatni rivojlantirish strategiyasi bo'yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni ko'rib chiqish;
5. Jamiyatning 2016 yilgi yillik hisobotini tasdiqlash;
6. Jamiyat 2016 yil foydasini taqsimlash, dividendlarni to'lash;
7. Jamiyatning Kuzatuv Kengashi a'zolarini saylash;
8. Taftish komissiyasining a'zolarini saylash;
9. Ijro etuvchi organ bilan bir yillik muddatga bitim-shartnoma tuzish to'g'risida;
10. Affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish.