“O‘zbekgidroenergo” AJ: “Gidromaxsusqurilish” AJ xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazildi
Bugun, 3-oktabr kuni “O‘zbekgidroenergo” AJ Boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov Jamiyat tizim tashkiloti hisoblangan “Gidromaxsusqurilish” AJ xodimlari bilan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazdi.
Yig‘ilish davomida “Gidromaxsusqurilish” AJ faoliyati bo‘yicha quyidagi asosiy masalalar ko‘rib chiqildi:
- Jamiyatning 2023-yil 9 oyligi hamda yil yakuni bilan joriy rejaviy ko‘rsatkichlarni bajarilishi holati;
- qurilayotgan yangi GESlarda amalga oshirilayotgan maxsus gidrotexnik ishlar;
- Jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holati (buxgalteriya bo‘limi faoliyati);
- Jamiyat mutaxassis-xodimlarining bilim va malakasini oshirish masalalari va h.k.
Yig‘ilish yakunida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha barcha masʼul xodimlarga zaruriy topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.