Welcome to «Gidromaxsusqurilish» AJ   Click to listen highlighted text! Welcome to «Gidromaxsusqurilish» AJ Powered By GSpeech
  • Bosh saxifa
  • Kompaniya haqida
  • Yangiliklar
  • “Gidromaxsusqurilish” АЖ акциядорларининг навбатдан ташқари умумий йиғилиши ўтказилиши бўйича Хабарнома (06.11.2023)

“Gidromaxsusqurilish” АЖ акциядорларининг навбатдан ташқари умумий йиғилиши ўтказилиши бўйича Хабарнома (06.11.2023)

“Gidromaxsusqurilish” aksiyadorlik jamiyati 2023 yil 6 noyabr kuni soat 11:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
Yig‘ilish Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak ko‘chasi, 1A-uyda Jamiyat ma’muriy binosining majlislar zalida o‘tkaziladi.

Yig‘ilish qatnashchilarini ro‘yxatga olish soat 10.00 da boshlanadi.
Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar:
1. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish reglamentini va sanoq komissiyasini shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
2. Jamiyat Kuzatuv kengashi a'zolarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
3. Jamiyat Kuzatuv kengashi a'zolarini 3 yil muddatga qayta saylash;
4. Jamiyatning ichki korporativ hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish.
Jamiyat aksiyadorlarining reestri shakllantiriladigan sana - navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestri 2023 yil 13 oktabr holatiga va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reestri 2023 yil 31 oktabr holatiga shakllantiriladi.
Aksiyadorlar o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat - pasport, aksiyadorlarning vakillari O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligada belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan (jismoniy shaxslar uchun - notarius tomonidan tasdiqlangan, yuridik shaxslar uchun - mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan) ishonchnoma bilan kelishlari lozim.
Aksiyadorlar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritilgan masalalar bo’yicha hamda qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi manzilga murojaat etilishi so‘raladi: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Labzak, 1A-uy. Elektron pochta: Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak., Bu elektron manzil spamlardan ximoyalangan. Uni kurish uchun JavaScript ni ishga tushirishingiz kerak.. Tel: 71-244-87-13
Kuzatuv kengashi

 

Click to listen highlighted text! Powered By GSpeech